Paper content
Annotatsiya
Ushbu maqola mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi tashqi savdosining shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari masalalarini tadqiq etadi. Keyingi yillar uchun tuzilgan rejalar: tashqi savdo sotiqni liberallashtirishi va uni qonunniy himoyalash, iqtisodiy rivojlanish nazariyalarin va export sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladi. O`zbekistonda olib borilgan barcha savdo sotiq ishlarini, xorijiy davlatlar bilan bolgan shartnoma bitimlarni, O`zbekiston export va import yo`nalishi boyicha fuqarolarga yaratilgan shart sharoitlarni, export miqdorini kengayishi va tashqi savdo yo`nalishi bo`yicha keyingi olib boriladigan ishlarni ko`rib chiqadi.
Kirish qism (Introduction)
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, iqtisodiyotning dunyo bozoriga aralashuvi yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashqi savdo aloqalari, davlatning iqtisodiy va siyosiy xavfsizligi, tabiiy resurslarning balansi davlatning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilovchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Dastlabki yillar ichki bozorni mustahkamlash, ishlab chiqarishning uzluksiz faoliyatini ta’minlash va asosiy strategik mahsulotlarni import orqali xarid qilishga asoslangan davr bo‘lgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan eksport salohiyatini kengaytirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlari kuchaydi. Mustaqillikning turli yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tashqi savdo rivojiga katta hissa qo`shib kelmoqda. Mustaqillikning ilk davrida mamlakatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish asosiy yo‘nalish bo‘ldi. Bu orqali korxonalar faoliyati uchun zarur resurs bazasi yaratildi. Ichki ishlab chiqarish tarmoqlarining barqarorligi o‘sishi natijasida eksport tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. O‘zbekiston eksportida qishloq xo‘jaligi, xususan paxta mahsulotlari yetakchi bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, importga yo‘naltirilgan sanoatni modernizatsiya qilish orqali qayta ishlangan tovarlar ulushi ham oshib bordi. Ayniqsa, Surxondaryo viloyati misolida tashqi savdo ulushi yildan yilga ko‘paygani kuzatildi. Qo‘shni davlatlar bilan transport, sanoat va madaniy hamkorlikning kengayishi, Afg‘oniston bilan savdo-sotiqning faollashuvi eksport geografiyasini kengaytirishda muhim o‘rin tutdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Abdulmansurxon o‘g‘li, Toshxo‘jayev A. "O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida importning o‘rni." Universitet tadqiqot bazasi (2024): 923–926.
2. Umarov B. O‘zbekistonning tashqi savdosi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 192 b.
Mirziyoyev Sh.M. Ozod va obod, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2016.
3. Mirziyoyev Sh.M. Biz buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2017.
4. Isayev O. Surxon vohasidagi madaniy hayot: arxiv materiallari asosida yutuq va muammolardan axborot berish. Islom nuri, 2019(4).
5. Vaxobov A. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. – T., 2020. –304b.
6. Xodiyev B. Innovatsion iqtisodiyot asoslari. O'quv qo'llanma. – T., 2022. – 346 b. 23.
7.Sharifxo'jayev M. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Darslik. – T.: TDIU, 2022. – 415 b
8. Raushana K. Transformation processes of women’s mentality in Uzbekistan. EPRA International Journal of Socio-Economic and Environmental Outlook (SEEO), 10(4), 2023: 43–45.
9. Yusubov J. K., Bobomurodov E. H., Kurbaniyazova R. K., Khadjiev U. S., Samanova S. B. The Role of Central Asian Scholars in Modern Education. Res Militaris, 12(3), 2022: 3762–3769.