O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik taraqqiyotining tarixiy dinamikasi

Xasanjon Xalimjonov · Millat Umidi BA-101 national · Yuklangan 30-Noyabr, 2025-yil · 5 sahifa

Paper content

Annotatsiya

Maqola O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mustaqillikdan keyingi tarixiy rivojlanish dinamikasini bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Sovet davridagi markazlashgan iqtisodiy tizimdan boshlab, 1991–2000 yillardagi o‘tish davri qiyinchiliklari, 2000–2016 yillardagi islohotlar va 2017-yildan hozirgacha bo‘lgan liberalizatsiya bosqichlari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor huquqiy asoslar, soliq imtiyozlari, mikromoliya, raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikka qaratilgan. Maqolada kichik va o‘rta biznesning YaIMdagi ulushi, ish o‘rinlari yaratishdagi roli va eksportdagi hissasi raqamli ko‘rsatkichlar bilan asoslanadi. Muallif to‘siqlar, infratuzilma zaifligi, malaka yetishmasligi va kelajak istiqbollarini muhokama qilib, ta’lim va ekologik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Tadqiqot O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishida kichik biznesning hal qiluvchi rolini ta’kidlaydi.

Kirish qism (Introduction)

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish dastaklaridan hisoblanadi.Bu soha mustaqillik davrining ilk yillarida nafaqat iqtisodiy rivojlanishning yuragi bo’lib keldi, balki aholining bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsiyalarni joriy etishda ham katta rol o‘ynadi. O’zbekiston iqtisodiyotining deyarli 50% dan yuqoriroq qismini kichik va o’rta biznes tashkil qiladi va eksportning ham katta ulushiga egalik qiladi. Kichik biznes taraqqiyotining tarixiy dinamikasini bosqichma-bosqich ushbu maqola orqali ko‘rib chiqiladi, asosiy islohotlar va kelajak istiqbollari o’z navbatida tahlil qilinib, muhokama etiladi. Adabiyotlar sharxi:Mashxur iqtisodchi Adam Smit biznes va tadbirkorlik shaxsiy foyda olish uchun tavakkalchilik tijorat gʻoyasini amalga ooshiruvchi mulkdor deb taʼriflaydi. Bu fikirni biz ham yoqlab chishimiz mumkun. O’z navbatida yana bir mashhur amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeter (1883- 1950) oʻzining «Iqtisodiy kompaniyasi nazariyasi» kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod tomonidan odam) deb taʼriflagan.Hozirgi kunning tendensiyalariga bu fikr juda ham mos kelishini ko’rishimiz mumkun.

Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Oʻzbekiston Respublikasining “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/acts/-1856013 2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy sayti. Kichik biznes va tadbirkorlik boʻyicha rasmiy statistika. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2 3. Umurzakov, U. P., & Toshboyev, A. J. (yil ko‘rsatilmagan). Kichik biznes va tadbirkorlik. Toshkent. 4. Oʻzstandart agentligi rasmiy sayti. Yangiliklar. https://www.standart.uz/ru/news/view?id=364 5. Shumpeter, Y. A. (1982). Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi. Moskva: Progress. 6. Smit, A. (1962). Issledovanie o prirode i prichinakh bogatstva narodov. Moskva: Sotsekgiz, 332–334-betlar.